حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ جَابِرٍ، قَالَ كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَاسْتَسْقَى فَقَالَ رَجُلٌ مِنَ الْقَوْمِ أَلاَ نَسْقِيكَ نَبِيذًا قَالَ " بَلَى " . قَالَ فَخَرَجَ الرَّجُلُ يَشْتَدُّ فَجَاءَ بِقَدَحٍ فِيهِ نَبِيذٌ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " أَلاَّ خَمَّرْتَهُ وَلَوْ أَنْ تَعْرِضَ عَلَيْهِ عُودًا " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ قَالَ الأَصْمَعِيُّ تَعْرُضُهُ عَلَيْهِ .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Paygʻambar ﷺ bilan birga edik, u zot suv soʻradilar. Qavmdan bir kishi: «Sizga nabiz ichirsak boʻladimi?» dedi. U zot: «Mayli», dedilar. (Jobir) aytdi: Haligi kishi shoshib chiqib ketdi va ichida nabiz boʻlgan bir kosa keltirdi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Nega uni, hatto ustiga bir choʻp koʻndalang qoʻyib boʻlsa-da, yopib qoʻymading?» dedilar. Abu Dovud aytdi: Asmaiy «taʼriduhu alayhi» (ustiga koʻndalang qoʻysang) deb aytdi.