حَدَّثَنَا مَخْلَدُ بْنُ خَالِدٍ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِمَعْنَاهُ زَادَ " فَإِنْ كَانَ مُفْطِرًا فَلْيَطْعَمْ وَإِنْ كَانَ صَائِمًا فَلْيَدْعُ " .
Maxlad ibn Xolid Abu Usomadan, u Ubaydullohdan, u Nofeʼdan, u Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qiladiki, Rasululloh ﷺ shu maʼnoda dedilar. Bu rivoyatda quyidagi soʻzlar ziyoda qilingan: «Agar (taklif qilingan kishi) ogʻiz ochgan (roʻzador boʻlmagan) boʻlsa, taom yesin; agar roʻzador boʻlsa, (taomga) duo qilsin».