حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، وَقُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ ثَابِتٍ، قَالَ ذُكِرَ تَزْوِيجُ زَيْنَبَ بِنْتِ جَحْشٍ عِنْدَ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ فَقَالَ مَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَوْلَمَ عَلَى أَحَدٍ مِنْ نِسَائِهِ مَا أَوْلَمَ عَلَيْهَا أَوْلَمَ بِشَاةٍ .
Musaddad va Qutayba ibn Said ikkovlari Hammoddan, u Sobit (rahimahulloh)dan rivoyat qiladi. U aytdi: Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)ning oldida Zaynab binti Jahshning nikohi tilga olindi. Shunda u shunday dedi: «Men Rasululloh ﷺ ayollaridan biror kishiga uning (Zaynab)ga qilganlaridek valima qilganlarini koʻrmadim — u zot bir qoʻy bilan valima qildilar».