حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، وَخَلَفُ بْنُ هِشَامٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ عَامِرٍ، عَنْ أَبِي كَرِيمَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لَيْلَةُ الضَّيْفِ حَقٌّ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ فَمَنْ أَصْبَحَ بِفِنَائِهِ فَهُوَ عَلَيْهِ دَيْنٌ إِنْ شَاءَ اقْتَضَى وَإِنْ شَاءَ تَرَكَ " .
Musaddad va Xalaf ibn Hishom Abu Avonadan, u Mansurdan, u Omirdan, u Abu Karimadan rivoyat qiladi. U dedi: Rasululloh ﷺ: «Mehmonni bir kecha (kutib olish) har bir musulmonga vojib bir haqdir. Kim (mehmon) hovlisida tunab, tongni qarshilasa, bu (mehmon haqi) uning zimmasidagi qarz boʻladi. Xohlasa, (oʻsha haqni egasidan) undirib oladi, xohlasa, tark etadi», dedilar.