حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي حَبِيبٍ، عَنْ أَبِي الْخَيْرِ، عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ، أَنَّهُ قَالَ قُلْنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّكَ تَبْعَثُنَا فَنَنْزِلُ بِقَوْمٍ فَمَا يَقْرُونَنَا فَمَا تَرَى فَقَالَ لَنَا رَسُولُ اللَّهِ " إِنْ نَزَلْتُمْ بِقَوْمٍ فَأَمَرُوا لَكُمْ بِمَا يَنْبَغِي لِلضَّيْفِ فَاقْبَلُوا فَإِنْ لَمْ يَفْعَلُوا فَخُذُوا مِنْهُمْ حَقَّ الضَّيْفِ الَّذِي يَنْبَغِي لَهُمْ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَهَذِهِ حُجَّةٌ لِلرَّجُلِ يَأْخُذُ الشَّىْءَ إِذَا كَانَ لَهُ حَقًّا .
Qutayba ibn Said Laysdan, u Yazid ibn Abu Habibdan, u Abul-Xayrdan, u Uqba ibn Omirdan rivoyat qiladi. U: «Biz: ‹Yo Rasululloh, siz bizni (joʻnatib) yuborasiz, biz esa bir qavmga tushamiz, ammo ular bizni mehmon qilmaydilar. Bu haqda nima deysiz?› dedik. Shunda Rasululloh ﷺ bizga: ‹Agar bir qavmga tushsangiz-da, ular sizlarga mehmonga loyiq narsani buyursalar (taqdim qilsalar), qabul qilinglar. Agar bunday qilmasalar, ulardan mehmonga loyiq boʻlgan mehmon haqini olinglar›, dedilar», dedi. Abu Dovud aytdi: Bu kishi oʻzining haqi boʻlgan narsani olishi mumkinligiga dalildir.