حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَوْنٍ، أَخْبَرَنَا خَالِدٌ، عَنْ حُصَيْنٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ وَهْبٍ، عَنْ ثَابِتِ بْنِ وَدِيعَةَ، قَالَ كُنَّا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي جَيْشٍ فَأَصَبْنَا ضِبَابًا - قَالَ - فَشَوَيْتُ مِنْهَا ضَبًّا فَأَتَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَوَضَعْتُهُ بَيْنَ يَدَيْهِ - قَالَ - فَأَخَذَ عُودًا فَعَدَّ بِهِ أَصَابِعَهُ ثُمَّ قَالَ " إِنَّ أُمَّةً مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ مُسِخَتْ دَوَابَّ فِي الأَرْضِ وَإِنِّي لاَ أَدْرِي أَىُّ الدَّوَابِّ هِيَ " . قَالَ فَلَمْ يَأْكُلْ وَلَمْ يَنْهَ .
Sobit ibn Vadia (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, u aytdi: «Biz Rasululloh ﷺ bilan bir qoʻshinda edik. Bizga kaltakesaklar (zibob) duch keldi. Men ulardan bir kaltakesakni qovurdim-da, Rasululloh ﷺga olib keldim va uni u zotning oldilariga qoʻydim. U zot bir tayoqchani olib, u bilan uning barmoqlarini sanadilar, soʻng: ‹Bani Isroildan bir ummat yer yuzidagi jonivorlarga aylantirilgan edi, men bu qaysi jonivor ekanini bilmayman›, dedilar». (Roviy) aytadi: «Shunda u zot uni yemadilar ham, man ham qilmadilar».