حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ النَّمَرِيُّ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ زِيَادِ بْنِ عِلاَقَةَ، عَنْ أُسَامَةَ بْنِ شَرِيكٍ، قَالَ أَتَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم وَأَصْحَابُهُ كَأَنَّمَا عَلَى رُءُوسِهِمُ الطَّيْرُ فَسَلَّمْتُ ثُمَّ قَعَدْتُ فَجَاءَ الأَعْرَابُ مِنْ هَا هُنَا وَهَا هُنَا فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنَتَدَاوَى فَقَالَ " تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلاَّ وَضَعَ لَهُ دَوَاءً غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرَمُ " .
Usoma ibn Sharik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U: «Men Paygʻambar ﷺ huzurlariga keldim. Sahobalari boshlarida qush boriday (jim oʻtirgan) edilar. Salom berib, soʻng oʻtirdim. Soʻng (badaviy) aʼrobiylar u yer-bu yerdan kela boshladilar va: ‹Yo Rasululloh, davolansak boʻladimi?› dedilar. U zot: ‹Davolaninglar, chunki Alloh azza va jalla bittasidan boshqa hech bir dard yaratmaganki, unga shifo ham yaratmagan boʻlsa — u dard esa qarilikdir›, dedilar», dedi.