حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنْ سَعْدٍ، قَالَ مَرِضْتُ مَرَضًا أَتَانِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَعُودُنِي فَوَضَعَ يَدَهُ بَيْنَ ثَدْيَىَّ حَتَّى وَجَدْتُ بَرْدَهَا عَلَى فُؤَادِي فَقَالَ " إِنَّكَ رَجُلٌ مَفْئُودٌ ائْتِ الْحَارِثَ بْنَ كَلَدَةَ أَخَا ثَقِيفٍ فَإِنَّهُ رَجْلٌ يَتَطَبَّبُ فَلْيَأْخُذْ سَبْعَ تَمَرَاتٍ مِنْ عَجْوَةِ الْمَدِينَةِ فَلْيَجَأْهُنَّ بِنَوَاهُنَّ ثُمَّ لِيَلُدَّكَ بِهِنَّ " .
Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men bir kasallikka chalindim. Rasululloh ﷺ meni koʻrgani keldilar va qoʻllarini koʻkraklarim orasiga qoʻydilar, hatto uning salqinligini yuragimda sezdim. Soʻng u zot: «Sen yuragi kasal kishisan. Saqif (qabilasi)dan boʻlgan Horis ibn Kaladaning oldiga borgin, chunki u tabobat qiladigan kishidir. U Madinaning ajva xurmosidan yettita olib, ularni danaklari bilan ezsin, soʻng u bilan sening ogʻzingga (dori) quysin», dedilar.