حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ أَبِي سُرَيْجٍ الرَّازِيُّ، أَخْبَرَنَا مَكِّيُّ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ أَبِي عُبَيْدٍ، قَالَ رَأَيْتُ أَثَرَ ضَرْبَةٍ فِي سَاقِ سَلَمَةَ فَقُلْتُ مَا هَذِهِ قَالَ أَصَابَتْنِي يَوْمَ خَيْبَرَ فَقَالَ النَّاسُ أُصِيبَ سَلَمَةُ فَأُتِيَ بِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَنَفَثَ فِيَّ ثَلاَثَ نَفَثَاتٍ فَمَا اشْتَكَيْتُهَا حَتَّى السَّاعَةِ .
Yazid ibn Abu Ubayddan rivoyat qilinadiki, u: «Salamaning boldirida bir jarohat asarini koʻrdim va: ‹Bu nima?› dedim. U: ‹Bu menga Xaybar kuni yetgan edi. Odamlar: Salama jarohatlandi, deyishdi. Soʻng meni Rasululloh ﷺning oldilariga olib kelishdi, u zot menga uch marta puflashdi, oʻshandan beri shu choqqacha undan ogʻriganim yoʻq›, dedi», deb aytdi.