حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ ثَابِتٍ الْمَرْوَزِيُّ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عَبَّادِ بْنِ تَمِيمٍ، عَنْ عَمِّهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم خَرَجَ بِالنَّاسِ لِيَسْتَسْقِيَ فَصَلَّى بِهِمْ رَكْعَتَيْنِ جَهَرَ بِالْقِرَاءَةِ فِيهِمَا وَحَوَّلَ رِدَاءَهُ وَرَفَعَ يَدَيْهِ فَدَعَا وَاسْتَسْقَى وَاسْتَقْبَلَ الْقِبْلَةَ .
Abbod ibn Tamim (rahimahulloh) amakisidan rivoyat qiladi: Rasululloh ﷺ yomgʻir soʻrash uchun odamlar bilan (musallaga) chiqdilar. Ularga ikki rakat namoz oʻqib berdilar va u ikki rakatda qiroatni ovoz chiqarib oʻqidilar. Ridolarini agʻdardilar, ikki qoʻllarini koʻtarib duo qildilar, yomgʻir soʻradilar va qiblaga yuzlandilar.