حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُصَفَّى، حَدَّثَنَا بَقِيَّةُ، قَالَ قُلْتُ لِمُحَمَّدٍ - يَعْنِي ابْنَ رَاشِدٍ - قَوْلُهُ " هَامَ " . قَالَ كَانَتِ الْجَاهِلِيَّةُ تَقُولُ لَيْسَ أَحَدٌ يَمُوتُ فَيُدْفَنُ إِلاَّ خَرَجَ مِنْ قَبْرِهِ هَامَةٌ . قُلْتُ فَقَوْلُهُ صَفَرَ . قَالَ سَمِعْتُ أَنَّ أَهْلَ الْجَاهِلِيَّةِ يَسْتَشْئِمُونَ بِصَفَرَ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " لاَ صَفَرَ " . قَالَ مُحَمَّدٌ وَقَدْ سَمِعْنَا مَنْ يَقُولُ هُوَ وَجَعٌ يَأْخُذُ فِي الْبَطْنِ فَكَانُوا يَقُولُونَ هُوَ يُعْدِي فَقَالَ " لاَ صَفَرَ " .
Baqiyya aytdiki: «Men Muhammad ibn Roshidga: ‹(Nabiy ﷺning) ‹homa› degan soʻzlari (nima maʼnoda)?› dedim. U: ‹Johiliyat ahli: Kim oʻlib koʻmilsa, albatta uning qabridan bir qush (homa) chiqadi, der edilar›, dedi. Men: ‹Safar degan soʻzlari-chi?› dedim. U: ‹Eshitishimcha, johiliyat ahli safar (oyidan) shumlanar edilar. Bas, Nabiy ﷺ: ‹Safar yoʻq›, dedilar›, dedi». Muhammad (ibn Roshid) aytdiki: «Biz baʼzilarning: ‹U (safar) — qorinda paydo boʻladigan ogʻriqdir›, deganini eshitganmiz. Ular: ‹U yuqadi›, der edilar. Shunda (Nabiy ﷺ): ‹Safar yoʻq›, dedilar».