حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ الطَّيَالِسِيُّ، حَدَّثَنَا هَمَّامٌ، ح وَحَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، - الْمَعْنَى - أَخْبَرَنَا هَمَّامٌ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَبِي الْمَلِيحِ، - قَالَ أَبُو الْوَلِيدِ - عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ رَجُلاً، أَعْتَقَ شِقْصًا لَهُ مِنْ غُلاَمٍ فَذَكَرَ ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " لَيْسَ لِلَّهِ شَرِيكٌ " . زَادَ ابْنُ كَثِيرٍ فِي حَدِيثِهِ فَأَجَازَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عِتْقَهُ .
Abul-Validt-Tayolisiy bizga rivoyat qilib dedi: Hammom bizga rivoyat qilib dedi. (Boshqa sanad bilan) Muhammad ibn Kasir ham bizga rivoyat qildi, maʼnosi shu: Hammom bizga xabar berib dedi: U Qatodadan, u Abul-Malihdan — Abul-Valid: «otasidan», dedi — rivoyat qildiki, bir kishi oʻziga tegishli qulning bir ulushini ozod qildi. Bu Nabiy ﷺ ga aytildi, U zot: «Allohga sherik yoʻq», dedilar. Ibn Kasir oʻz hadisida shuni qoʻshdi: Shunda Nabiy ﷺ uning ozod qilishini joriy etdilar.