حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ بْنُ زِيَادٍ، حَدَّثَنَا خُصَيْفٌ، حَدَّثَنَا مِقْسَمٌ، مَوْلَى ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ رضى الله عنهما نَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ { وَمَا كَانَ لِنَبِيٍّ أَنْ يَغُلَّ } فِي قَطِيفَةٍ حَمْرَاءَ فُقِدَتْ يَوْمَ بَدْرٍ فَقَالَ بَعْضُ النَّاسِ لَعَلَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَخَذَهَا فَأَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ { وَمَا كَانَ لِنَبِيٍّ أَنْ يَغُلَّ } إِلَى آخِرِ الآيَةِ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ يَغُلَّ مَفْتُوحَةُ الْيَاءِ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u kishi: «Bu {Hech bir paygʻambar xiyonat qilishi mumkin emas} ((Sura) Oli Imron 161) oyati Badr kuni yoʻqolib qolgan qizil baxmal (gilamcha) haqida nozil boʻldi. Baʼzi odamlar: ‹Ehtimol uni Rasululloh ﷺ olib qoʻygandirlar›, deyishdi. Shunda Alloh azza va jalla {Hech bir paygʻambar xiyonat qilishi mumkin emas} oyatini oyat oxirigacha nozil qildi», dedilar. Abu Dovud aytdi: ‹Yagʻulla› soʻzidagi ‹yo› harfi fatha (zabar) bilan oʻqiladi.