حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ الْغَازِ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، قَالَ هَبَطْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مِنْ ثَنِيَّةٍ فَالْتَفَتَ إِلَىَّ وَعَلَىَّ رَيْطَةٌ مُضَرَّجَةٌ بِالْعُصْفُرِ فَقَالَ " مَا هَذِهِ الرَّيْطَةُ عَلَيْكَ " . فَعَرَفْتُ مَا كَرِهَ فَأَتَيْتُ أَهْلِي وَهُمْ يَسْجُرُونَ تَنُّورًا لَهُمْ فَقَذَفْتُهَا فِيهِ ثُمَّ أَتَيْتُهُ مِنَ الْغَدِ فَقَالَ " يَا عَبْدَ اللَّهِ مَا فَعَلَتِ الرَّيْطَةُ " . فَأَخْبَرْتُهُ فَقَالَ " أَلاَ كَسَوْتَهَا بَعْضَ أَهْلِكَ فَإِنَّهُ لاَ بَأْسَ بِهِ لِلنِّسَاءِ " .
Amr ibn Shuʼayb otasidan, u esa bobosidan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: U dedi: Biz Rasululloh ﷺ bilan birga bir dovondan tushdik. U zot menga oʻgirildilar, ustimda esa zafaron (sarigʻ rang) bilan boʻyalgan bir kiyim bor edi. U zot: «Bu ustingdagi qanaqa kiyim?» dedilar. Men u zot nimani yoqtirmaganlarini bildim. Soʻng oilam huzuriga keldim, ular tandirlarini yoqayotgan edilar. Men uni (kiyimni) oʻsha tandirga tashladim. Soʻng ertasi kuni u zotning huzurlariga keldim. U zot: «Ey Abdulloh, u kiyim nima boʻldi?» dedilar. Men u zotga xabar berdim. Shunda u zot: «Uni oilangdan birortasiga kiygazib qoʻymabsanmi, axir ayollar uchun unda hech qanday ziyon yoʻq-ku» dedilar.