حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ دَاوُدَ بْنِ سُفْيَانَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، قَالَ قَالَ الزُّهْرِيُّ قَالَ عُرْوَةُ قَالَتْ عَائِشَةُ رضى الله عنها بَيْنَا نَحْنُ جُلُوسٌ فِي بَيْتِنَا فِي نَحْرِ الظَّهِيرَةِ قَالَ قَائِلٌ لأَبِي بَكْرٍ رضى الله عنه هَذَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مُقْبِلاً مُتَقَنِّعًا فِي سَاعَةٍ لَمْ يَكُنْ يَأْتِينَا فِيهَا فَجَاءَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَاسْتَأْذَنَ فَأُذِنَ لَهُ فَدَخَلَ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni biz peshin chogʻining jaziramasida uyimizda oʻtirgan edik. Bir kishi Abu Bakr (roziyallohu anhu)ga: «Mana, Rasululloh ﷺ boshlarini oʻrab olgan holda, oʻzlari odatda kelmaydigan vaqtda bizning tomonga kelyaptilar», dedi. Soʻng Rasululloh ﷺ keldilar va izn soʻradilar, u zotga izn berildi va u zot kirdilar.