حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عِيسَى، حَدَّثَنَا أَبُو جُمَيْعٍ، سَالِمُ بْنُ دِينَارٍ عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أَتَى فَاطِمَةَ بِعَبْدٍ قَدْ وَهَبَهُ لَهَا قَالَ وَعَلَى فَاطِمَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا ثَوْبٌ إِذَا قَنَّعَتْ بِهِ رَأْسَهَا لَمْ يَبْلُغْ رِجْلَيْهَا وَإِذَا غَطَّتْ بِهِ رِجْلَيْهَا لَمْ يَبْلُغْ رَأْسَهَا فَلَمَّا رَأَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم مَا تَلْقَى قَالَ " إِنَّهُ لَيْسَ عَلَيْكِ بَأْسٌ إِنَّمَا هُوَ أَبُوكِ وَغُلاَمُكِ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ Fotimaga oʻzi unga hadya qilgan bir qulni olib keldilar. Fotima (roziyallohu anho)ning ustida shunday kiyim bor ediki, u bilan boshini yopsa, oyoqlariga yetmas, oyoqlarini yopsa, boshiga yetmas edi. Nabiy ﷺ uning bu qiyinchiligini koʻrganlarida: «Senga zarar yoʻq, axir bu (faqat) sening otang va qulingdir», dedilar.