حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ بُكَيْرٍ، عَنْ بُسْرِ بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ خَالِدٍ، عَنْ أَبِي طَلْحَةَ، أَنَّهُ قَالَ إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنَّ الْمَلاَئِكَةَ لاَ تَدْخُلُ بَيْتًا فِيهِ صُورَةٌ " . قَالَ بُسْرٌ ثُمَّ اشْتَكَى زَيْدٌ فَعُدْنَاهُ فَإِذَا عَلَى بَابِهِ سِتْرٌ فِيهِ صُورَةٌ فَقُلْتُ لِعُبَيْدِ اللَّهِ الْخَوْلاَنِيِّ رَبِيبِ مَيْمُونَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَلَمْ يُخْبِرْنَا زَيْدٌ عَنِ الصُّوَرِ يَوْمَ الأَوَّلِ فَقَالَ عُبَيْدُ اللَّهِ أَلَمْ تَسْمَعْهُ حِينَ قَالَ إِلاَّ رَقْمًا فِي ثَوْبٍ .
Abu Talha (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u: «Rasululloh ﷺ: ‹Albatta, ichida surat boʻlgan uyga farishtalar kirmaydilar›, dedilar», dedi. Busr (ibn Said) aytadi: «Soʻng Zayd kasal boʻlib qoldi, biz uni koʻrgani bordik. Eshigida ichida surat boʻlgan parda osigʻliq edi. Men Nabiy ﷺning zavjalari Maymunaning oʻgay oʻgʻli Ubaydulloh al-Xavloniyga: ‹Zayd avvalgi kuni bizga suratlar haqida aytmaganmidi?› dedim. Ubaydulloh: ‹Sen uning: «Matodagi naqshdan boshqa», deganini eshitmadingmi?› dedi».