حَدَّثَنَا الْحَسَنُ بْنُ عَلِيٍّ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، حَدَّثَنَا الْحَجَّاجُ بْنُ حَسَّانَ، قَالَ دَخَلْنَا عَلَى أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ فَحَدَّثَتْنِي أُخْتِي الْمُغِيرَةُ، قَالَتْ وَأَنْتَ يَوْمَئِذٍ غُلاَمٌ وَلَكَ قَرْنَانِ أَوْ قُصَّتَانِ فَمَسَحَ رَأْسَكَ وَبَرَّكَ عَلَيْكَ وَقَالَ " احْلِقُوا هَذَيْنِ أَوْ قُصُّوهُمَا فَإِنَّ هَذَا زِيُّ الْيَهُودِ " .
Hasan ibn Ali bizga Yazid ibn Horundan, unga Hajjoj ibn Hasson rivoyat qilib aytdi: Biz Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)ning huzuriga kirdik. Singlim Mugʻiyra menga gapirib berib dedi: Sen oʻsha kunlari yosh bola eding, sochingda ikkita kokil yoki ikkita qoqol bor edi. U (Anas) boshingni siladi va senga baraka tiladi-da: «Mana bu ikkitasini qiringlar yoki kesinglar, chunki bu yahudiylarning urfidir», dedi.