حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا يُونُسُ بْنُ بُكَيْرٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ إِسْحَاقَ، قَالَ رَأَيْتُ عَلَى الصَّلْتِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ نَوْفَلِ بْنِ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ خَاتَمًا فِي خِنْصَرِهِ الْيُمْنَى فَقُلْتُ مَا هَذَا قَالَ رَأَيْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ يَلْبَسُ خَاتَمَهُ هَكَذَا وَجَعَلَ فَصَّهُ عَلَى ظَهْرِهَا . قَالَ وَلاَ يَخَالُ ابْنَ عَبَّاسٍ إِلاَّ قَدْ كَانَ يَذْكُرُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَلْبَسُ خَاتَمَهُ كَذَلِكَ .
Muhammad ibn Ishoq (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Solt ibn Abdulloh ibn Navfal ibn Abdulmuttalibning oʻng qoʻlining jimjilogʻida uzuk koʻrdim va: «Bu nima?» — dedim. U: «Men Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ning uzugini mana shunday taqib yurganlarini koʻrgan edim», — dedi va uning koʻzini (kaftining) orqa tomoniga qaratdi. (Roviy) dedi: «Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Rasululloh ﷺ uzuklarini ana shunday taqib yurganlarini zikr qilar edilar, deb oʻylayman».