حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ حُذَيْفَةَ، قَالَ قَامَ فِينَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَائِمًا فَمَا تَرَكَ شَيْئًا يَكُونُ فِي مَقَامِهِ ذَلِكَ إِلَى قِيَامِ السَّاعَةِ إِلاَّ حَدَّثَهُ حَفِظَهُ مَنْ حَفِظَهُ وَنَسِيَهُ مَنْ نَسِيَهُ قَدْ عَلِمَهُ أَصْحَابُهُ هَؤُلاَءِ وَإِنَّهُ لَيَكُونُ مِنْهُ الشَّىْءُ فَأَذْكُرُهُ كَمَا يَذْكُرُ الرَّجُلُ وَجْهَ الرَّجُلِ إِذَا غَابَ عَنْهُ ثُمَّ إِذَا رَآهُ عَرَفَهُ .
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oramizda tik turib (xutba qildilar) va oʻsha turishlarida qiyomat qoyim boʻlguniga qadar boʻladigan hech bir narsani aytmasdan qoldirmadilar. Uni yodda saqlagan saqladi, unutgan unutdi. U zotning mana shu sahobalari uni bilishar edi. Darhaqiqat, ulardan biror narsa yuz beradi va men uni — xuddi bir kishi boshqa bir kishining yuzini, undan gʻoyib boʻlgan vaqtda (eslagani kabi), soʻng uni koʻrganida tanib olgani kabi — eslab qolaman.