حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يَحْيَى بْنِ فَارِسٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، عَنْ مَعْمَرٍ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ نَصْرِ بْنِ عَاصِمٍ، عَنْ خَالِدِ بْنِ خَالِدٍ الْيَشْكُرِيِّ، بِهَذَا الْحَدِيثِ قَالَ قُلْتُ بَعْدَ السَّيْفِ قَالَ " بَقِيَّةٌ عَلَى أَقْذَاءٍ وَهُدْنَةٌ عَلَى دَخَنٍ " . ثُمَّ سَاقَ الْحَدِيثَ قَالَ كَانَ قَتَادَةُ يَضَعُهُ عَلَى الرِّدَّةِ الَّتِي فِي زَمَنِ أَبِي بَكْرٍ " عَلَى أَقْذَاءٍ " . يَقُولُ قَذَى . " وَهُدْنَةٌ " . يَقُولُ صُلْحٌ " عَلَى دَخَنٍ " . عَلَى ضَغَائِنَ .
Xolid ibn Xolid al-Yashkuriydan ushbu hadis (boshqa sanad bilan) rivoyat qilinadi. U: Men: «Qilichdan keyin (nima boʻladi)?» dedim. U zot: «Gʻuborli (xira) qoldiq va yomon niyat ustidagi soxta sulh», dedilar, deydi. Soʻng hadisni davom ettirdi. Qatoda buni Abu Bakr (roziyallohu anhu) zamonidagi riddat (murtadlik)ka tatbiq qilar edi. «Ala aqzo» — yaʼni qazo (gʻubor, xaslar) deydi. «Hudna» — yaʼni sulh deydi. «Ala daxan» — yomon niyatlar (kek) ustida demoqdir.