حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يَحْيَى بْنِ فَارِسٍ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ بْنُ مُسْلِمٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ بْنُ زِيَادٍ، حَدَّثَنَا عَاصِمٌ الأَحْوَلُ، عَنْ أَبِي كَبْشَةَ، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا مُوسَى، يَقُولُ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ بَيْنَ أَيْدِيكُمْ فِتَنًا كَقِطَعِ اللَّيْلِ الْمُظْلِمِ يُصْبِحُ الرَّجُلُ فِيهَا مُؤْمِنًا وَيُمْسِي كَافِرًا وَيُمْسِي مُؤْمِنًا وَيُصْبِحُ كَافِرًا الْقَاعِدُ فِيهَا خَيْرٌ مِنَ الْقَائِمِ وَالْقَائِمُ فِيهَا خَيْرٌ مِنَ الْمَاشِي وَالْمَاشِي فِيهَا خَيْرٌ مِنَ السَّاعِي " . قَالُوا فَمَا تَأْمُرُنَا قَالَ " كُونُوا أَحْلاَسَ بُيُوتِكُمْ " .
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu) aytadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, sizlarning oldingizda zulmat tunining boʻlaklari kabi fitnalar boʻladi. Unda kishi ertalab moʻmin boʻlib, kechqurun kofir boʻlib qoladi; kechqurun moʻmin boʻlib, ertalab kofir boʻlib qoladi. Unda oʻtirgan kishi turgandan koʻra yaxshiroq, turgan kishi yurgandan koʻra yaxshiroq, yurgan kishi yugurgandan koʻra yaxshiroqdir», dedilar. (Odamlar): «Bizga nima buyurasiz?» dedilar. U zot ﷺ: «Uylaringizning boʻyralari boʻlib (uyda) qolinglar», dedilar.