حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، وَابْنُ السَّرْحِ، وَغَيْرُهُمَا، قَالُوا حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، رِوَايَةً - قَالَ ابْنُ السَّرْحِ - أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى تُقَاتِلُوا قَوْمًا نِعَالُهُمُ الشَّعْرُ وَلاَ تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى تُقَاتِلُوا قَوْمًا صِغَارَ الأَعْيُنِ ذُلْفَ الآنُفِ كَأَنَّ وُجُوهَهُمُ الْمَجَانُّ الْمُطْرَقَةُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Sizlar poyabzallari jundan boʻlgan bir qavm bilan jang qilmagunlaringizcha qiyomat qoyim boʻlmaydi, yana sizlar koʻzlari kichik, burunlari yapaloq, yuzlari goʻyo teri tortilgan qalqonlarga oʻxshagan bir qavm bilan jang qilmagunlaringizcha qiyomat qoyim boʻlmaydi».