حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ دَاوُدَ الْعَتَكِيُّ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، حَدَّثَنَا أَيُّوبُ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ ابْنَ عُمَرَ، اسْتُصْرِخَ عَلَى صَفِيَّةَ وَهُوَ بِمَكَّةَ فَسَارَ حَتَّى غَرَبَتِ الشَّمْسُ وَبَدَتِ النُّجُومُ فَقَالَ إِنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا عَجِلَ بِهِ أَمْرٌ فِي سَفَرٍ جَمَعَ بَيْنَ هَاتَيْنِ الصَّلاَتَيْنِ . فَسَارَ حَتَّى غَابَ الشَّفَقُ فَنَزَلَ فَجَمَعَ بَيْنَهُمَا .
Nofeʼdan rivoyat qilinadiki, Ibn Umar (roziyallohu anhumo) Makkada boʻlganlarida unga Safiyyaning (vafoti haqida) xabar berildi. U yoʻlga tushdi va quyosh botib, yulduzlar koʻrindi. Soʻng u: «Albatta Nabiy ﷺ safarda biror ish shoshilinch boʻlib qolsa, mana shu ikki namozni jamlab oʻqir edilar», dedi. Soʻng u shafaq gʻoyib boʻlguncha yoʻl yurdi, keyin (ulovdan) tushib, ikkovini jamlab oʻqidi.