حَدَّثَنَا الْقَعْنَبِيُّ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ الْمَكِّيِّ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الظُّهْرَ وَالْعَصْرَ جَمِيعًا وَالْمَغْرِبَ وَالْعِشَاءَ جَمِيعًا فِي غَيْرِ خَوْفٍ وَلاَ سَفَرٍ . قَالَ مَالِكٌ أُرَى ذَلِكَ كَانَ فِي مَطَرٍ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ وَرَوَاهُ حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ نَحْوَهُ عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ وَرَوَاهُ قُرَّةُ بْنُ خَالِدٍ عَنْ أَبِي الزُّبَيْرِ قَالَ فِي سَفْرَةٍ سَافَرْنَاهَا إِلَى تَبُوكَ .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ning shunday deganlari (rivoyat qilinadi): Rasululloh ﷺ na qoʻrquv va na safar boʻlmagan holda peshin bilan asrni birga, magʻrib bilan xuftonni birga oʻqidilar. Molik aytdi: Men buni yomgʻir (paytida) boʻlgan deb oʻylayman. Abu Dovud aytdi: Buni Hammod ibn Salama ham Abu Zubayrdan shunga oʻxshash rivoyat qilgan. Yana buni Qurra ibn Xolid Abu Zubayrdan rivoyat qilib: «Bu biz Tabukka qilgan bir safarimizda boʻlgan edi», degan.