حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ الْمُحَارِبِيُّ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ فُضَيْلٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ نَافِعٍ، وَعَبْدِ اللَّهِ بْنِ وَاقِدٍ، أَنَّ مُؤَذِّنَ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ الصَّلاَةُ . قَالَ سِرْ سِرْ . حَتَّى إِذَا كَانَ قَبْلَ غُيُوبِ الشَّفَقِ نَزَلَ فَصَلَّى الْمَغْرِبَ ثُمَّ انْتَظَرَ حَتَّى غَابَ الشَّفَقُ وَصَلَّى الْعِشَاءَ ثُمَّ قَالَ إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا عَجِلَ بِهِ أَمْرٌ صَنَعَ مِثْلَ الَّذِي صَنَعْتُ فَسَارَ فِي ذَلِكَ الْيَوْمِ وَاللَّيْلَةِ مَسِيرَةَ ثَلاَثٍ . قَالَ أَبُو دَاوُدَ رَوَاهُ ابْنُ جَابِرٍ عَنْ نَافِعٍ نَحْوَ هَذَا بِإِسْنَادِهِ .
Muhammad ibn Ubayd al-Muhoribiy bizga aytib berdi: Muhammad ibn Fuzayl bizga otasidan, u Nofeʼ va Abdulloh ibn Voqiddan aytib berishicha, Ibn Umar (roziyallohu anhumo)ning muazzini: «Namoz (vaqti boʻldi)», dedi. U: «Yur, yur», dedi. Nihoyat shafaq botishidan oldin (uloviga) tushib, shom namozini oʻqidi. Soʻng shafaq botgunicha kutib turib, xufton namozini oʻqidi. Soʻng: «Albatta, Rasululloh ﷺ biror ish bilan shoshganlarida men qilgandek qilar edilar», dedi. Soʻng oʻsha kuni va kechasi uch kunlik masofani bosib oʻtdi. Abu Dovud aytdi: Buni Ibn Jobir Nofeʼdan oʻz isnodi bilan shu maʼnoda rivoyat qildi.