حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ حَنْبَلٍ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، أَخْبَرَنَا أَيُّوبُ، عَنْ عِكْرِمَةَ، أَنَّ عَلِيًّا، عَلَيْهِ السَّلاَمُ أَحْرَقَ نَاسًا ارْتَدُّوا عَنِ الإِسْلاَمِ فَبَلَغَ ذَلِكَ ابْنَ عَبَّاسٍ فَقَالَ لَمْ أَكُنْ لأَحْرِقَهُمْ بِالنَّارِ إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ تُعَذِّبُوا بِعَذَابِ اللَّهِ " . وَكُنْتُ قَاتِلَهُمْ بِقَوْلِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَإِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنْ بَدَّلَ دِينَهُ فَاقْتُلُوهُ " . فَبَلَغَ ذَلِكَ عَلِيًّا عَلَيْهِ السَّلاَمُ فَقَالَ وَيْحَ ابْنَ عَبَّاسٍ .
Ikrima (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Ali (roziyallohu anhu) Islomdan qaytgan (murtad boʻlgan) bir necha kishini olovda yoqib yubordi. Bu xabar Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ga yetib bordi va u: «Men boʻlganimda ularni olov bilan yoqmagan boʻlardim, chunki Rasululloh ﷺ: ‹Allohning azobi bilan azoblamanglar›, deganlar. Lekin men ularni Rasululloh ﷺning soʻzlari bilan oʻldirgan boʻlardim, chunki Rasululloh ﷺ: ‹Kim oʻz dinini oʻzgartirsa, uni oʻldiringlar›, deganlar», dedi. Bu xabar Aliga yetib borgach, u: «Ibn Abbos toʻgʻri aytibdi!» dedi.