حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ ثَابِتٍ، حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ حُسَيْنٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ يَزِيدَ النَّحْوِيِّ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ { إِنَّمَا جَزَاءُ الَّذِينَ يُحَارِبُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَسْعَوْنَ فِي الأَرْضِ فَسَادًا أَنْ يُقَتَّلُوا أَوْ يُصَلَّبُوا أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُمْ مِنْ خِلاَفٍ أَوْ يُنْفَوْا مِنَ الأَرْضِ } إِلَى قَوْلِهِ { غَفُورٌ رَحِيمٌ } نَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ فِي الْمُشْرِكِينَ فَمَنْ تَابَ مِنْهُمْ قَبْلَ أَنْ يُقْدَرَ عَلَيْهِ لَمْ يَمْنَعْهُ ذَلِكَ أَنْ يُقَامَ فِيهِ الْحَدُّ الَّذِي أَصَابَهُ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi, u dedi: {Albatta, Allohga va Rasuliga qarshi urush ochadigan hamda yer yuzida buzgʻunchilik qilib yuradiganlarning jazosi oʻldirilishlari yoki dorga osilishlari yoxud qoʻl-oyoqlari qarama-qarshi tomondan kesilishi yoki yer (yurt)dan surgun qilinishidir…} — toki {(Alloh) magʻfirat qilguvchi, rahmli zotdir} degan soʻzigacha (boʻlgan) bu oyat mushriklar haqida nozil boʻldi. Bas, ulardan kim qoʻlga olinishidan oldin tavba qilsa, bu (tavba) unga nisbatan oʻzi sodir etgan jinoyatga had jazosi joriy etilishiga toʻsqinlik qilmaydi.