حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا طَلْقُ بْنُ غَنَّامٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ السَّلاَمِ بْنُ حَفْصٍ، حَدَّثَنَا أَبُو حَازِمٍ، عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّ رَجُلاً أَتَاهُ فَأَقَرَّ عِنْدَهُ أَنَّهُ زَنَى بِامْرَأَةٍ سَمَّاهَا لَهُ فَبَعَثَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى الْمَرْأَةِ فَسَأَلَهَا عَنْ ذَلِكَ فَأَنْكَرَتْ أَنْ تَكُونَ زَنَتْ فَجَلَدَهُ الْحَدَّ وَتَرَكَهَا .
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺ dan rivoyat qiladiki, bir kishi u zotning oldilariga kelib, oʻzi nomini aytgan bir ayol bilan zino qilganini iqror qildi. Shunda Rasululloh ﷺ oʻsha ayolga odam yuborib, bu haqida undan soʻradilar. Ammo ayol zino qilganini inkor qildi. Shunda u zot (erkak) kishiga belgilangan jazo (had) sifatida qamchi urdilar va ayolni qoʻyib yubordilar.