حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا طَلْقُ بْنُ غَنَّامٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ السَّلاَمِ بْنُ حَفْصٍ، حَدَّثَنَا أَبُو حَازِمٍ، عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّ رَجُلاً أَتَاهُ فَأَقَرَّ عِنْدَهُ أَنَّهُ زَنَى بِامْرَأَةٍ سَمَّاهَا لَهُ فَبَعَثَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى الْمَرْأَةِ فَسَأَلَهَا عَنْ ذَلِكَ فَأَنْكَرَتْ أَنْ تَكُونَ زَنَتْ فَجَلَدَهُ الْحَدَّ وَتَرَكَهَا .
Usmon ibn Abu Shayba bizga Talq ibn Gʻannomdan, u Abdussalom ibn Hafsdan, u Abu Hozimdan, u Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan, u Paygʻambar ﷺdan rivoyat qildi: Bir kishi u zotning oldilariga keldi va oʻzi nomini aytgan bir ayol bilan zino qilganini u zotning huzurlarida iqror qildi. Shunda Rasululloh ﷺ ayolning oldiga (odam) yubordilar va undan bu haqda soʻradilar. U esa zino qilganini inkor qildi. Shunda (Rasululloh ﷺ) erkakka had jazosini (qamchini) urdilar va ayolni qoʻyib yubordilar.