حَدَّثَنَا مُسَدَّدُ بْنُ مُسَرْهَدٍ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي ذِئْبٍ، قَالَ حَدَّثَنِي سَعِيدُ بْنُ أَبِي سَعِيدٍ، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا شُرَيْحٍ الْكَعْبِيَّ، يَقُولُ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَلاَ إِنَّكُمْ يَا مَعْشَرَ خُزَاعَةَ قَتَلْتُمْ هَذَا الْقَتِيلَ مِنْ هُذَيْلٍ وَإِنِّي عَاقِلُهُ فَمَنْ قُتِلَ لَهُ بَعْدَ مَقَالَتِي هَذِهِ قَتِيلٌ فَأَهْلُهُ بَيْنَ خِيرَتَيْنِ أَنْ يَأْخُذُوا الْعَقْلَ أَوْ يَقْتُلُوا " .
Abu Shurayh al-Kaʼbiy (roziyallohu anhu) aytadilar: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Ogʻoh boʻlinglar! Ey Xuzoa jamoasi, siz Huzayldan boʻlgan mana shu oʻldirilgan kishini oʻldirdingiz, men esa uning diyatini toʻlovchiman. Kimning (yaqini) bu soʻzimdan keyin oʻldirilsa, uning ahli ikki narsadan birini ixtiyor qiladi: yo diyat oladilar, yoki (qotilni) oʻldiradilar».