حَدَّثَنَا دَاوُدُ بْنُ رُشَيْدٍ، حَدَّثَنَا الْوَلِيدُ، عَنِ الأَوْزَاعِيِّ، أَنَّهُ سَمِعَ حِصْنًا، أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا سَلَمَةَ، يُخْبِرُ عَنْ عَائِشَةَ، رضى الله عنها عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ قَالَ " عَلَى الْمُقْتَتِلِينَ أَنْ يَنْحَجِزُوا الأَوَّلَ فَالأَوَّلَ وَإِنْ كَانَتِ امْرَأَةً " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ بَلَغَنِي أَنَّ عَفْوَ النِّسَاءِ فِي الْقَتْلِ جَائِزٌ إِذَا كَانَتْ إِحْدَى الأَوْلِيَاءِ وَبَلَغَنِي عَنْ أَبِي عُبَيْدٍ فِي قَوْلِهِ " يَنْحَجِزُوا " . يَكُفُّوا عَنِ الْقَوَدِ .
Oisha (roziyallohu anho) Rasulullohdan ﷺ rivoyat qilib aytadi: U zot ﷺ: «Qonda daʼvolashayotganlar qasos olishdan tiyilishlari lozim. Avvalgisi, soʻng undan keyingisi (kechirsa boʻladi), garchi (kechiruvchi) ayol kishi boʻlsa ham», dedilar. Abu Dovud aytadi: Menga yetib kelishicha, ayol (marhumning) vorislaridan biri boʻlsa, uning qotillikda kechishi joizdir. Va menga Abu Ubayddan yetib kelishicha, «yanhajizu» soʻzining maʼnosi: ular qasos olishdan tiyilsinlar, deganidir.