حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ عُمَرَ النَّمَرِيُّ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عُبَيْدِ بْنِ نَضْلَةَ، عَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ، أَنَّ امْرَأَتَيْنِ، كَانَتَا تَحْتَ رَجُلٍ مِنْ هُذَيْلٍ فَضَرَبَتْ إِحْدَاهُمَا الأُخْرَى بِعَمُودٍ فَقَتَلَتْهَا وَجَنِينَهَا فَاخْتَصَمُوا إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ أَحَدُ الرَّجُلَيْنِ كَيْفَ نَدِي مَنْ لاَ صَاحَ وَلاَ أَكَلَ وَلاَ شَرِبَ وَلاَ اسْتَهَلَّ . فَقَالَ " أَسَجْعٌ كَسَجْعِ الأَعْرَابِ " . وَقَضَى فِيهِ بِغُرَّةٍ وَجَعَلَهُ عَلَى عَاقِلَةِ الْمَرْأَةِ .
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ikki ayol Huzayl (qabilasi)dan boʻlgan bir kishining (nikohi) ostida edi. Ulardan biri ikkinchisini ustun bilan urib, uni va qornidagi homilasini oʻldirib qoʻydi. Shunda ular janjallashib Nabiy ﷺ huzuriga (hakamlikka) keldilar. Ikki kishidan biri: «Qichqirmagan, yemagan, ichmagan va ovoz chiqarmagan kimsaga qanday qilib diyat toʻlaymiz?», dedi. U zot: «Bu aʼrobiylarning saji (qofiyali nasri)ga oʻxshash sajmidir?», dedilar. Va u zot bu (homila) haqida bir gʻurra (qul yoki choʻri) toʻlashga hukm qilib, uni ayolning oqilasi (otadan boʻlgan erkak qarindoshlari) zimmasiga yukladilar.