حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا يُونُسُ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ بْنُ زِيَادٍ، حَدَّثَنَا مُجَالِدٌ، قَالَ حَدَّثَنَا الشَّعْبِيُّ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ امْرَأَتَيْنِ، مِنْ هُذَيْلٍ قَتَلَتْ إِحْدَاهُمَا الأُخْرَى وَلِكُلِّ وَاحِدَةٍ مِنْهُمَا زَوْجٌ وَوَلَدٌ فَجَعَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم دِيَةَ الْمَقْتُولَةِ عَلَى عَاقِلَةِ الْقَاتِلَةِ وَبَرَّأَ زَوْجَهَا وَوَلَدَهَا . قَالَ فَقَالَ عَاقِلَةُ الْمَقْتُولَةِ مِيرَاثُهَا لَنَا قَالَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لاَ مِيرَاثُهَا لِزَوْجِهَا وَوَلَدِهَا " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Huzayl (qabilasi)dan boʻlgan ikki ayoldan biri ikkinchisini oʻldirib qoʻydi va ularning har birining eri va bolasi bor edi. Shunda Rasululloh ﷺ oʻldirilgan ayolning diyatini qotil ayolning oqilasi (otadan boʻlgan erkak qarindoshlari) zimmasiga (yuklab), uning eri va bolasini (toʻlovdan) ozod qildilar. (Roviy) aytdi: Shunda oʻldirilgan ayolning oqilasi: «Uning merosi bizga (tegishli)», dedi. (Roviy) aytdi: Shunda Rasululloh ﷺ: «Yoʻq, uning merosi eri va bolasiga (tegishli)», dedilar.