حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يَزِيدَ، قَالَ حَدَّثَنَا سَعِيدٌ، - يَعْنِي ابْنَ أَبِي أَيُّوبَ - قَالَ أَخْبَرَنِي أَبُو صَخْرٍ، عَنْ نَافِعٍ، قَالَ كَانَ لاِبْنِ عُمَرَ صَدِيقٌ مِنْ أَهْلِ الشَّامِ يُكَاتِبُهُ فَكَتَبَ إِلَيْهِ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ إِنَّهُ بَلَغَنِي أَنَّكَ تَكَلَّمْتَ فِي شَىْءٍ مِنَ الْقَدَرِ فَإِيَّاكَ أَنْ تَكْتُبَ إِلَىَّ فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِنَّهُ سَيَكُونُ فِي أُمَّتِي أَقْوَامٌ يُكَذِّبُونَ بِالْقَدَرِ " .
Ahmad ibn Hanbal bizga, Abdulloh ibn Yazid, Saʼid — yaʼni Ibn Abu Ayyub — (rivoyat qilib) aytdi: Menga Abu Saxr, Nofeʼdan xabar berib aytdi: Ibn Umar (roziyallohu anhumo)ning Shom ahlidan boʻlgan, oʻzi bilan xat yozishib turadigan bir doʻsti bor edi. Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) unga (xat) yozib: «Menga sen qadar haqida bir narsa gapirganing yetib keldi. Bas, menga (yana shunday narsa) yozishingdan hazir boʻl, zero men Rasululloh ﷺni: ‹Albatta, ummatimda qadarni yolgʻonga chiqaradigan qavmlar boʻladi›, deb aytayotganlarini eshitganman», dedi.