حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ الأَنْصَارِيُّ، حَدَّثَنَا الأَشْعَثُ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنْ أَبِي بَكْرَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ ذَاتَ يَوْمٍ " مَنْ رَأَى مِنْكُمْ رُؤْيَا " . فَقَالَ رَجُلٌ أَنَا رَأَيْتُ كَأَنَّ مِيزَانًا نَزَلَ مِنَ السَّمَاءِ فَوُزِنْتَ أَنْتَ وَأَبُو بَكْرٍ فَرُجِحْتَ أَنْتَ بِأَبِي بَكْرٍ وَوُزِنَ عُمَرُ وَأَبُو بَكْرٍ فَرُجِحَ أَبُو بَكْرٍ وَوُزِنَ عُمَرُ وَعُثْمَانُ فَرُجِحَ عُمَرُ ثُمَّ رُفِعَ الْمِيزَانُ فَرَأَيْنَا الْكَرَاهِيَةَ فِي وَجْهِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم .
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ bir kuni: «Sizlardan kim tush koʻrdi?» dedilar. Bir kishi: «Men koʻrdim: goʻyo osmondan bir tarozi tushdi, soʻng siz bilan Abu Bakr tortildingiz va siz Abu Bakrdan ogʻir keldingiz; Umar bilan Abu Bakr tortildi va Abu Bakr ogʻir keldi; Umar bilan Usmon tortildi va Umar ogʻir keldi; soʻngra tarozi koʻtarib olindi», dedi. Shunda biz Rasululloh ﷺ ning yuzlarida noxushlik (alomatini) koʻrdik.