حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، قَالَ حَدَّثَنِي عَفَّانُ بْنُ مُسْلِمٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ أَشْعَثَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ سَمُرَةَ بْنِ جُنْدُبٍ، أَنَّ رَجُلاً، قَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي رَأَيْتُ كَأَنَّ دَلْوًا دُلِّيَ مِنَ السَّمَاءِ فَجَاءَ أَبُو بَكْرٍ فَأَخَذَ بِعَرَاقِيهَا فَشَرِبَ شُرْبًا ضَعِيفًا ثُمَّ جَاءَ عُمَرُ فَأَخَذَ بِعَرَاقِيهَا فَشَرِبَ حَتَّى تَضَلَّعَ ثُمَّ جَاءَ عُثْمَانُ فَأَخَذَ بِعَرَاقِيهَا فَشَرِبَ حَتَّى تَضَلَّعَ ثُمَّ جَاءَ عَلِيٌّ فَأَخَذَ بِعَرَاقِيهَا فَانْتَشَطَتْ وَانْتَضَحَ عَلَيْهِ مِنْهَا شَىْءٌ .
Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi: «Ey Rasululloh, men (tushimda) goʻyo osmondan bir chelak osilib tushganini koʻrdim. Soʻng Abu Bakr kelib, uning (bandining) ikki tomonidan ushladi va ozgina ichdi. Soʻngra Umar kelib, uning ikki tomonidan ushladi va toʻyguncha ichdi. Soʻngra Usmon kelib, uning ikki tomonidan ushladi va toʻyguncha ichdi. Soʻngra Ali kelib, uning ikki tomonidan ushladi-yu, (chelak) bir tomonga tortilib (silkinib) ketdi va undan unga ozgina (suv) sachradi», dedi.