حَدَّثَنَا أَبُو ظَفَرٍ عَبْدُ السَّلاَمِ، حَدَّثَنَا جَعْفَرٌ، عَنْ عَوْفٍ، قَالَ سَمِعْتُ الْحَجَّاجَ، يَخْطُبُ وَهُوَ يَقُولُ إِنَّ مَثَلَ عُثْمَانَ عِنْدَ اللَّهِ كَمَثَلِ عِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ثُمَّ قَرَأَ هَذِهِ الآيَةَ يَقْرَؤُهَا وَيَفُسِّرُهَا { إِذْ قَالَ اللَّهُ يَا عِيسَى إِنِّي مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَىَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا } يُشِيرُ إِلَيْنَا بِيَدِهِ وَإِلَى أَهْلِ الشَّامِ .
Avf (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Hajjojning xutba qilib turib: «Allohning huzurida Usmonning misoli Maryam oʻgʻli Iysoning misoliday», deganini eshitdim. Soʻng u mana bu oyatni oʻqib, uni tafsir qilar edi: {Eslang, Alloh aytdi: ‹Ey Iyso! Albatta, Men seni (yer yuzidan) toʻla olguvchi va Oʻzimga koʻtarguvchi hamda kofir boʻlganlardan poklaguvchidirman›} (Oli Imron 55) U bu (oyat) bilan qoʻli ila bizga va Shom ahliga ishora qilar edi.