حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ، حَدَّثَنِي يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ شُعْبَةَ، حَدَّثَنِي أَبُو جَمْرَةَ، قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ، قَالَ إِنَّ وَفْدَ عَبْدِ الْقَيْسِ لَمَّا قَدِمُوا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَمَرَهُمْ بِالإِيمَانِ بِاللَّهِ قَالَ " أَتَدْرُونَ مَا الإِيمَانُ بِاللَّهِ " . قَالُوا اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ قَالَ " شَهَادَةُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ وَإِقَامُ الصَّلاَةِ وَإِيتَاءُ الزَّكَاةِ وَصَوْمُ رَمَضَانَ وَأَنْ تُعْطُوا الْخُمُسَ مِنَ الْمَغْنَمِ " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Abdul Qays elchilari Rasululloh ﷺ huzuriga kelganlarida, u zot ularni Allohga iymon keltirishga buyurdilar va: «Allohga iymon keltirish nima ekanini bilasizlarmi?» dedilar. Ular: «Alloh va Uning Rasuli bilguvchiroqdir», dedilar. U zot: «Lo ilaha illalloh va Muhammadun rasululloh deb guvohlik berish, namozni toʻkis ado etish, zakot berish, Ramazon roʻzasini tutish hamda gʻanimatdan beshdan birini berishingizdir», dedilar.