حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ كَثِيرٍ، أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنْ طَلْحَةَ بْنِ يَحْيَى، عَنْ عَائِشَةَ بِنْتِ طَلْحَةَ، عَنْ عَائِشَةَ أُمِّ الْمُؤْمِنِينَ، قَالَتْ أُتِيَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِصَبِيٍّ مِنَ الأَنْصَارِ يُصَلِّي عَلَيْهِ قَالَتْ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ طُوبَى لِهَذَا لَمْ يَعْمَلْ شَرًّا وَلَمْ يَدْرِ بِهِ . فَقَالَ " أَوَغَيْرَ ذَلِكَ يَا عَائِشَةُ إِنَّ اللَّهَ خَلَقَ الْجَنَّةَ وَخَلَقَ لَهَا أَهْلاً وَخَلَقَهَا لَهُمْ وَهُمْ فِي أَصْلاَبِ آبَائِهِمْ وَخَلَقَ النَّارَ وَخَلَقَ لَهَا أَهْلاً وَخَلَقَهَا لَهُمْ وَهُمْ فِي أَصْلاَبِ آبَائِهِمْ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ huzurlariga ansorlardan boʻlgan bir goʻdak janoza namozini oʻqishlari uchun keltirildi. Men: «Yo Rasululloh, bu (goʻdak)ga xush boʻlsin! U yomonlik qilmadi va uni bilmadi ham», dedim. U zot: «Yo boshqacha boʻlsa-chi, ey Oisha? Albatta, Alloh jannatni yaratdi va unga (kiruvchi) ahlni yaratdi hamda ular hali otalarining belida ekanlaridayoq uni ular uchun yaratdi. Doʻzaxni ham yaratdi va unga (kiruvchi) ahlni yaratdi hamda ular hali otalarining belida ekanlaridayoq uni ular uchun yaratdi», dedilar.