قَالَ أَبُو دَاوُدَ قُرِئَ عَلَى الْحَارِثِ بْنِ مِسْكِينٍ وَأَنَا أَسْمَعُ، أَخْبَرَكَ يُوسُفُ بْنُ عَمْرٍو، أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، قَالَ سَمِعْتُ مَالِكًا، قِيلَ لَهُ إِنَّ أَهْلَ الأَهْوَاءِ يَحْتَجُّونَ عَلَيْنَا بِهَذَا الْحَدِيثِ . قَالَ مَالِكٌ احْتَجَّ عَلَيْهِمْ بِآخِرِهِ . قَالُوا أَرَأَيْتَ مَنْ يَمُوتُ وَهُوَ صَغِيرٌ قَالَ " اللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا كَانُوا عَامِلِينَ " .
Abu Dovud aytdi: al-Horis ibn Miskinga (kitob) oʻqib berildi, men eshitib turardim. (Unga): «Sizga Yusuf ibn Amr xabar berdi, unga Ibn Vahb xabar berdi» (deyildi). U (Ibn Vahb): Men Molikdan eshitdim, dedi. Unga (Molikka): «Havoyi nafs ahli (bidʼatchilar) shu hadis bilan bizga qarshi dalil keltirmoqda», deyildi. Molik: «Ularga uning oxiri bilan (qarshi) dalil keltir», dedi. (U hadisning oxirida sahobalar): «Kichkina chogʻida vafot etganni qanday deysiz?» dedilar. U zot: «Alloh ularning nima qiluvchi boʻlganlarini yaxshiroq biluvchidir», dedilar.