حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سُلَيْمَانَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَهَّابِ، بِمِثْلِ هَذَا الإِسْنَادِ نَحْوَهُ قَالَ : " إِنَّ الْعَبْدَ إِذَا وُضِعَ فِي قَبْرِهِ وَتَوَلَّى عَنْهُ أَصْحَابُهُ إِنَّهُ لَيَسْمَعُ قَرْعَ نِعَالِهِمْ، فَيَأْتِيهِ مَلَكَانِ فَيَقُولاَنِ لَهُ " . فَذَكَرَ قَرِيبًا مِنْ حَدِيثِ الأَوَّلِ قَالَ فِيهِ : " وَأَمَّا الْكَافِرُ وَالْمُنَافِقُ فَيَقُولاَنِ لَهُ " . زَادَ : " الْمُنَافِقُ " . وَقَالَ : " يَسْمَعُهَا مَنْ يَلِيهِ غَيْرَ الثَّقَلَيْنِ " .
Muhammad ibn Sulaymon bizga shunday hadis aytib berdi: bizga Abdulvahhob xuddi shu isnod bilan shunga oʼxshashini aytib berdi, unda: «Banda oʼz qabriga qoʼyilib, doʼstlari undan yuz oʼgirib ketganlarida, u albatta ularning kovushlari taraqiyni eshitadi. Soʼng oldiga ikki farishta kelib unga aytadilar», deyilgan. Soʼng birinchi hadisga yaqin (mazmunni) zikr qildi. Unda: «Kofir va munofiqqa kelsak, ikki farishta unga aytadilar», dedi. «Munofiq» (soʼzini) ziyoda qildi va: «Uni ins va jindan boshqa yaqin atrofidagilar eshitadi», dedi.