حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ جَمِيلِ بْنِ مُرَّةَ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو الْوَضِيءِ، قَالَ قَالَ عَلِيٌّ عَلَيْهِ السَّلاَمُ : اطْلُبُوا الْمُخْدَجَ . فَذَكَرَ الْحَدِيثَ فَاسْتَخْرَجُوهُ مِنْ تَحْتِ الْقَتْلَى فِي طِينٍ، قَالَ أَبُو الْوَضِيءِ : فَكَأَنِّي أَنْظُرُ إِلَيْهِ حَبَشِيٌّ عَلَيْهِ قُرَيْطَقٌ لَهُ إِحْدَى يَدَيْنِ مِثْلُ ثَدْىِ الْمَرْأَةِ عَلَيْهَا شُعَيْرَاتٌ مِثْلُ شُعَيْرَاتِ الَّتِي تَكُونُ عَلَى ذَنَبِ الْيَرْبُوعِ .
Abul-Vaziyʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Ali (roziyallohu anhu): «Qoʻli nuqsonli kishini qidiringlar», dedi. Soʻng u hadisni zikr qildi. Ular uni oʻliklar ostidan, loy ichidan chiqarib oldilar. Abul-Vaziyʼ aytdi: «Goʻyo men hozir ham unga qarab turganga oʻxshayman: u bir habashiy boʻlib, ustida kalta koʻylak bor edi. Uning bir qoʻli ayol koʻkragiga oʻxshar, unda yarbuʼ (sahro kalamushi) dumidagi tuklarga oʻxshash mayda tuklar bor edi».