حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ بْنِ مَيْسَرَةَ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، حَدَّثَنَا سَلْمٌ الْعَلَوِيُّ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ رَجُلاً، دَخَلَ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَعَلَيْهِ أَثَرُ صُفْرَةٍ - وَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَلَّمَا يُوَاجِهُ رَجُلاً فِي وَجْهِهِ بِشَىْءٍ يَكْرَهُهُ - فَلَمَّا خَرَجَ قَالَ " لَوْ أَمَرْتُمْ هَذَا أَنْ يَغْسِلَ ذَا عَنْهُ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ سَلْمٌ لَيْسَ هُوَ عَلَوِيًّا كَانَ يُبْصِرُ فِي النُّجُومِ وَشَهِدَ عِنْدَ عَدِيِّ بْنِ أَرْطَاةَ عَلَى رُؤْيَةِ الْهِلاَلِ فَلَمْ يُجِزْ شَهَادَتَهُ .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi ustida sariq (boʻyoq) izi boʻlgan holda Rasululloh ﷺ ning huzurlariga kirdi. Rasululloh ﷺ biror kishining yuziga uning yoqtirmaydigan narsasini kamdan-kam aytar edilar. U chiqib ketgach: «Bu kishiga buni yuvib tashlashni buyursangiz boʻlmasmidi», dedilar. Abu Dovud aytdi: Salm alaviy (Alining avlodidan) emas, u yulduzlarga qarab (folbinlik) qilar edi va Adiy ibn Artoning huzurida hilolni koʻrganligi haqida guvohlik bergan edi, biroq uning guvohligi qabul qilinmadi.