حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ ابْنِ الْمُنْكَدِرِ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتِ اسْتَأْذَنَ رَجُلٌ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " بِئْسَ ابْنُ الْعَشِيرَةِ " . أَوْ " بِئْسَ رَجُلُ الْعَشِيرَةِ " . ثُمَّ قَالَ " ائْذَنُوا لَهُ " . فَلَمَّا دَخَلَ أَلاَنَ لَهُ الْقَوْلَ فَقَالَتْ عَائِشَةُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَلَنْتَ لَهُ الْقَوْلَ وَقَدْ قُلْتَ لَهُ مَا قُلْتَ . قَالَ " إِنَّ شَرَّ النَّاسِ عِنْدَ اللَّهِ مَنْزِلَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ مَنْ وَدَعَهُ - أَوْ تَرَكَهُ - النَّاسُ لاِتِّقَاءِ فُحْشِهِ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ ning huzurlariga kirishga izn soʻradi. Shunda u zot: «U qabilaning yomon farzandidir», yoki: «U qabilaning yomon kishisidir», dedilar. Soʻng: «Unga izn beringlar», dedilar. U kirgach, unga yumshoq soʻz bilan muomala qildilar. Oisha: «Yo Rasululloh, siz unga shunday-shunday degan edingizu, soʻng unga yumshoq soʻz bilan muomala qildingiz?» dedi. U zot: «Qiyomat kunida Alloh huzurida martabasi eng yomon kishi shunday odamki, uning qoʻpolligidan saqlanish uchun odamlar uni tark etadilar», dedilar.