حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ صَالِحٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي عَمْرٌو، أَنَّ سَعِيدَ بْنَ أَبِي هِلاَلٍ، حَدَّثَهُ أَنَّ سَعِيدَ بْنَ أَبِي سَعِيدٍ الْمَقْبُرِيَّ حَدَّثَهُ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ، أَنَّهُ قَالَ كَلِمَاتٌ لاَ يَتَكَلَّمُ بِهِنَّ أَحَدٌ فِي مَجْلِسِهِ عِنْدَ قِيَامِهِ ثَلاَثَ مَرَّاتٍ إِلاَّ كُفِّرَ بِهِنَّ عَنْهُ وَلاَ يَقُولُهُنَّ فِي مَجْلِسِ خَيْرٍ وَمَجْلِسِ ذِكْرٍ إِلاَّ خُتِمَ لَهُ بِهِنَّ عَلَيْهِ كَمَا يُخْتَمُ بِالْخَاتَمِ عَلَى الصَّحِيفَةِ سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ أَسْتَغْفِرُكَ وَأَتُوبُ إِلَيْكَ .
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u: «Shunday kalimalar borki, kishi oʻz majlisidan turayotganda ularni uch marta aytsa, ular sababli oʻsha (majlisida) sodir boʻlgan narsalari kechiriladi. Va ularni biror yaxshilik majlisi yoki zikr majlisida aytmaydiki, magar oʻsha kalimalar bilan unga muhrlanadi, xuddi sahifaga uzuk bilan muhr bosilgani kabi. Ular: ‹Subhonaka-Llohumma va bihamdika, lo ilaha illa anta, astagʻfiruka va atubu ilayk (Ey Alloh, Seni poklab va Senga hamd aytib, ulugʻlayman; Sendan oʻzga iloh yoʻq; Sendan magʻfirat soʻrayman va Senga tavba qilaman)›», dedi.