حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا بِشْرٌ، عَنْ خَالِدِ بْنِ ذَكْوَانَ، عَنِ الرُّبَيِّعِ بِنْتِ مُعَوِّذِ بْنِ عَفْرَاءَ، قَالَتْ جَاءَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَدَخَلَ عَلَىَّ صَبِيحَةَ بُنِيَ بِي فَجَلَسَ عَلَى فِرَاشِي كَمَجْلِسِكَ مِنِّي فَجَعَلَتْ جُوَيْرِيَاتٌ يَضْرِبْنَ بِدُفٍّ لَهُنَّ وَيَنْدُبْنَ مَنْ قُتِلَ مِنْ آبَائِي يَوْمَ بَدْرٍ إِلَى أَنْ قَالَتْ إِحْدَاهُنَّ وَفِينَا نَبِيُّ يَعْلَمُ مَا فِي غَدٍ . فَقَالَ " دَعِي هَذِهِ وَقُولِي الَّذِي كُنْتِ تَقُولِينَ " .
Rubayyiʼ binti Muavviz ibn Afro (roziyallohu anho) aytdi: Men kuyovga uzatilgan kunimning ertasi tongida Rasululloh ﷺ kelib, mening huzurimga kirdilar va xuddi sen mening yonimda oʻtirganingdek, toʻshagimga oʻtirdilar. (Shunda) qizchalar oʻzlarining childirmalarini chalib, Badr kuni shahid boʻlgan ota-bobolarimni marsiya bilan eslay boshladilar. Toki ulardan biri: «Bizning ichimizda ertaga nima boʻlishini biladigan bir Paygʻambar bor», — degunicha (davom etdilar). Shunda u zot ﷺ: «Buni qoʻy, oldin aytayotganingni ayt», — dedilar.