حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ عُبَيْدِ اللَّهِ الْغُدَانِيُّ، حَدَّثَنَا الْوَلِيدُ بْنُ مُسْلِمٍ، حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ عَبْدِ الْعَزِيزِ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ مُوسَى، عَنْ نَافِعٍ، قَالَ سَمِعَ ابْنُ عُمَرَ، مِزْمَارًا - قَالَ - فَوَضَعَ أُصْبُعَيْهِ عَلَى أُذُنَيْهِ وَنَأَى عَنِ الطَّرِيقِ وَقَالَ لِي يَا نَافِعُ هَلْ تَسْمَعُ شَيْئًا قَالَ فَقُلْتُ لاَ . قَالَ فَرَفَعَ أُصْبُعَيْهِ مِنْ أُذُنَيْهِ وَقَالَ كُنْتُ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَسَمِعَ مِثْلَ هَذَا فَصَنَعَ مِثْلَ هَذَا . قَالَ أَبُو عَلِيٍّ اللُّؤْلُؤِيُّ سَمِعْتُ أَبَا دَاوُدَ يَقُولُ هَذَا حَدِيثٌ مُنْكَرٌ .
Nofeʼ aytadi: Ibn Umar (roziyallohu anhumo) (choʻponning) surnay (chalganini) eshitib qoldi-da, ikki barmogʻini ikki qulogʻiga tiqdi va yoʻldan chetga chiqdi. Soʻng menga: «Ey Nofeʼ, biror narsa eshityapsanmi?» — dedi. Men: «Yoʻq», — dedim. Shunda u barmoqlarini quloqlaridan oldi-da, dedi: «Men Nabiy ﷺ bilan birga edim. U zot shunga oʻxshash (ovozni) eshitganlarida, mana shunday qilgan edilar». Abu Ali al-Luʼluiy aytdi: Men Abu Dovudning: «Bu munkar (rad etilgan) hadis», — deganini eshitdim.