حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ هِشَامٍ، - يَعْنِي ابْنَ عُرْوَةَ - عَنْ أَبِيهِ، عَنْ زَيْنَبَ بِنْتِ أُمِّ سَلَمَةَ، عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم دَخَلَ عَلَيْهَا وَعِنْدَهَا مُخَنَّثٌ وَهُوَ يَقُولُ لِعَبْدِ اللَّهِ أَخِيهَا إِنْ يَفْتَحِ اللَّهُ الطَّائِفَ غَدًا دَلَلْتُكَ عَلَى امْرَأَةٍ تُقْبِلُ بِأَرْبَعٍ وَتُدْبِرُ بِثَمَانٍ . فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " أَخْرِجُوهُمْ مِنْ بُيُوتِكُمْ " . قَالَ أَبُو دَاوُدَ الْمَرْأَةُ كَانَ لَهَا أَرْبَعُ عُكَنٍ فِي بَطْنِهَا .
Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ uning huzuriga kirdilar. Uning yonida bir muxannas bor edi va u (Ummu Salamaning) akasi Abdulloh (ibn Abu Umayya)ga: «Agar Alloh ertaga senga Toifni fath qilib bersa, men senga oldidan toʻrt buklam, orqasidan sakkiz buklam boʻlib keladigan bir ayolni koʻrsatib qoʻyaman», der edi. Shunda Nabiy ﷺ: «Ularni uylaringizdan chiqarib yuboringlar!» dedilar. Abu Dovud aytdi: «U ayolning qornida toʻrtta buklam (yogʻ qatlami) bor edi».