حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ ذَهَبْتُ بِعَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم حِينَ وُلِدَ وَالنَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فِي عَبَاءَةٍ يَهْنَأُ بَعِيرًا لَهُ قَالَ " هَلْ مَعَكَ تَمْرٌ " . قُلْتُ نَعَمْ - قَالَ - فَنَاوَلْتُهُ تَمَرَاتٍ فَأَلْقَاهُنَّ فِي فِيهِ فَلاَكَهُنَّ ثُمَّ فَغَرَ فَاهُ فَأَوْجَرَهُنَّ إِيَّاهُ فَجَعَلَ الصَّبِيُّ يَتَلَمَّظُ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " حِبُّ الأَنْصَارِ التَّمْرُ " . وَسَمَّاهُ عَبْدَ اللَّهِ .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Abu Talha tugʻilganida men uni Paygʻambar ﷺ huzurlariga olib bordim. Paygʻambar ﷺ jundan toʻn kiyib, oʻz tuyalariga qatron surtayotgan edilar. U zot: «Yoningda xurmo bormi?» dedilar. Men: «Ha», dedim. (Anas aytadi:) Bas, men u zotga bir necha xurmo uzatdim, u zot ularni ogʻizlariga solib chaynadilar, soʻng (bolaning) ogʻzini ochib, uni unga tomizdilar. Bola (xurmoni) yalay boshladi. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Ansorlarning sevgani xurmodir», dedilar va uni Abdulloh deb nomladilar.